Asosiy qismga oʻtish

Koʻp beriladigan savollar

Eng koʻp soʻraladigan savollarga qisqa javoblar. Savolingizni topmadingizmi? Maxfiylik siyosati oxiridagi aloqa orqali yozing.

jichcha bepulmi?

Ha. Barcha vositalar bepul, suv belgisi va sinov muddati yoʻq. Akkaunt ham bepul: u faqat limitlarni oshiradi.

Akkaunt ochish shartmi?

Yoʻq. Akkauntsiz 50 MB gacha fayl yuklash, kuniga 20 ta vazifa bajarish va bir yoʻla 10 tagacha fayl ishlash mumkin. Bepul akkaunt bilan bu 200 MB, kuniga 100 ta vazifa va 30 ta faylgacha oshadi, vazifalaringiz tarixi esa 30 kun saqlanadi.

Fayllarim bilan nima boʻladi?

Ular faqat siz soʻragan amalni bajarish uchun ishlatiladi. Har bir fayl viruslarga tekshiriladi va avtomatik oʻchiriladi: akkauntsiz 1 soatdan, akkaunt bilan 6 soatdan keyin. Natijani oʻzingiz darhol oʻchirib yuborishingiz ham mumkin.

Qaysi formatlar qoʻllab-quvvatlanadi?

PDF: birlashtirish, ajratish, sahifalar tartibini oʻzgartirish, siqish, paroldan ochish, sahifalarni JPG yoki PNG qilish. Word, Excel, PowerPoint, OpenDocument, RTF va CSV fayllarni PDF qilish. Suratlar: JPG, PNG, WEBP, AVIF, HEIC, GIF, BMP va TIFF — aylantirish, siqish, kesish, burish, oʻlchamini oʻzgartirish yoki bitta PDF qilish. Arxivlar: ZIP, RAR, 7Z, TAR, GZ, BZ2 va XZ ni ochish, ZIP yoki 7Z yaratish, bir arxiv turini boshqasiga oʻtkazish.

Nega Word fayl PDF boʻlganda biroz boshqacha koʻrinadi?

Hujjatlar LibreOffice yordamida aylantiriladi. Hujjatdagi shrift bizda boʻlmasa, unga oʻxshash shrift qoʻyiladi va qatorlar biroz surilishi mumkin. Arial, Times New Roman yoki Calibri kabi keng tarqalgan shriftlar eng aniq chiqadi; Word'da saqlashda shriftlarni faylga joylash ham mumkin.

Parol qoʻyilgan PDF yoki arxivni ochsa boʻladimi?

Ha, agar parolni bilsangiz. “PDF parolini olib tashlash” vositasi va arxivni ochish parolni soʻraydi. Parol faqat oʻsha bitta vazifa uchun ishlatiladi va hech qayerda saqlanmaydi.

Nega faylim qabul qilinmadi?

Biz faylning faqat kengaytmasini emas, haqiqiy turini tekshiramiz, shuning uchun nomi oʻzgartirilgan boshqa turdagi fayl qabul qilinmaydi. Boshqa sabablar: fayl limitingizdan katta, kunlik limit tugagan, fayl buzilgan yoki shifrlangan, yoki virus tekshiruvi nimadir topgan. Ekrandagi xabar aniq sababni aytadi.

Telegram bot bormi?

Ha. Botga fayl yuboring va tugmalardan keraklisini tanlang; bir nechta suratni albom qilib yuborsangiz, bitta PDF olasiz. Telegram botlarga 20 MB gacha faylni yuklab olishga ruxsat beradi, kattaroq fayllar uchun bot sayt havolasini beradi.

Akkauntimni qanday himoya qilaman?

Boshqa joyda ishlatmaydigan parol qoʻying va akkauntingizning “Xavfsizlik” boʻlimida ikki bosqichli kirishni yoqing. Shundan keyin har safar kirishda Google Authenticator yoki Authy kabi ilovadagi kod ham soʻraladi.

Akkauntni qanday oʻchiraman?

Akkaunt sahifasini oching va “Akkauntni oʻchirish”ni tanlang. Akkaunt, tarix va saqlangan barcha fayllar darhol oʻchiriladi va ularni tiklab boʻlmaydi.