Asosiy qismga oʻtish

Foydalanish shartlari

Soʻnggi tahrir: 2026-yil 21-noyabr

jichcha'dan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.

Xizmat

jichcha fayllarni aylantirish, siqish va tahrirlash uchun bepul xizmat. Kunlik limitlar va fayl hajmi chegaralari xizmatni suiisteʼmoldan himoya qiladi va oʻzgarishi mumkin.

Siz yuklaydigan fayllar

Faqat foydalanishga huquqingiz bor fayllarni yuklang. Fayl mazmuni va undan foydalanish uchun siz javobgarsiz.

Parol bilan himoyalangan faylni faqat parolini bilsangiz ochish mumkin. Parol faqat shu fayl uchun ishlatiladi va saqlanmaydi.

Taqiqlanadi

Zararli dasturlar yuklash, limitlarni chetlab oʻtish, xizmatni avtomatlashtirilgan tarzda ommaviy ishlatish, unga hujum qilish yoki ishini buzish, qonunga zid kontentni tarqatish. Bunday holatda fayllar oʻchiriladi va akkaunt bloklanishi mumkin.

Natijalar va javobgarlik

Xizmat “boricha” taqdim etiladi. Biz har bir fayl aniq aylanishiga kafolat bera olmaymiz, shuning uchun asl nusxani saqlab qoling. Natijani oʻchish muddatidan oldin yuklab oling: fayllarning zaxira nusxasi yoʻq.

Akkaunt

Parolingizni sir saqlang. Shartlarni buzgan akkaunt oʻchirilishi yoki bloklanishi mumkin. Akkauntni istalgan vaqtda oʻzingiz oʻchira olasiz.

Qonunchilik va oʻzgarishlar

Bu shartlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tatbiq etiladi. Shartlar oʻzgarsa, yangi tahrir shu sahifada sanasi bilan eʼlon qilinadi.