Maxfiylik siyosati
Soʻnggi tahrir: 2026-yil 21-noyabr
Bu sahifa jichcha qanday maʼlumotlarni olishi, ularni nima uchun ishlatishi va qachon oʻchirishini tushuntiradi. Maʼlumotlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlov beriladi.
Yuklagan fayllaringiz
Fayllar faqat siz tanlagan amalni bajarish uchun ishlatiladi. Biz ularning mazmunini oʻqimaymiz, sotmaymiz va boshqalarga bermaymiz.
Asl fayl ishlov tugashi bilan oʻchiriladi. Natija mehmonlar uchun 1 soatdan, akkaunt egalari uchun 6 soatdan keyin avtomatik oʻchadi. “Serverdan hozir oʻchirish” tugmasi bilan uni darhol oʻchirishingiz mumkin. Fayllarning zaxira nusxasi olinmaydi.
Har bir fayl ishlovdan oldin viruslarga tekshiriladi. Telefon suratlaridagi GPS va kamera maʼlumotlari natijaga oʻtkazilmaydi.
Akkaunt
Akkaunt ochsangiz, email manzilingiz, parolingizning qaytarib boʻlmaydigan xeshi (Argon2) va interfeys tili saqlanadi. Google orqali kirsangiz, Google bizga faqat email manzilingiz tasdiqlanganini bildiradi.
Tarix boʻlimida vosita nomi, fayl nomlari, hajmi va vaqti 30 kun saqlanadi. Fayllarning oʻzi yuqoridagi muddatda oʻchadi.
Akkaunt sahifasidagi “Akkauntni butunlay oʻchirish” tugmasi akkaunt, tarix va barcha fayllarni darhol oʻchiradi.
Cookie va brauzer xotirasi
jichcha_guest: akkauntsiz ishlaganda natijalaringizni shu brauzerda koʻrsatish uchun. Unda tasodifiy belgi saqlanadi, serverda esa faqat uning xeshi turadi.
jichcha_refresh: akkauntga kirgan holatni 7 kun saqlash uchun.
Brauzer xotirasida (localStorage) faqat tanlangan mavzu (yorugʻ yoki qorongʻi) saqlanadi.
Reklama, kuzatuv yoki analitika cookie'lari ishlatilmaydi.
Texnik maʼlumotlar
IP manzil suiisteʼmolga qarshi limitlar uchun ishlatiladi va bir necha daqiqa xotirada turadi. Xavfsizlik va nosozliklarni aniqlash uchun server jurnallari cheklangan muddat saqlanadi.
Uchinchi tomon xizmatlari
Google: faqat “Google orqali kirish” tugmasini bossangiz.
Xatolar haqida hisobot xizmati: dasturdagi xatolar shaxsga doir maʼlumotlarsiz (cookie, IP va fayl mazmunisiz) yuboriladi.
Huquqlaringiz
Siz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni bilish, tuzatish va oʻchirishni talab qilishingiz mumkin. Akkaunt va fayllarni sayt orqali oʻzingiz oʻchira olasiz. Boshqa soʻrovlar uchun quyidagi manzilga yozing.